tuman

  • Mulohaza: Prezident hijobni yoqtirmaydimi?

    Oʻtgan yili yozda oʻzbekistonlik Rayyona Ibrohimova Germaniyada Butunjahon olimpiadasida oltin medal sohibasi boʻlgandi. Nemis tili boʻyicha 62 davlatdan kelgan oʻquvchilar bilan bellashib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik qizning tasvirlari mahalliy va xorij nashrlarida tarqaldi. Ularda andijonlik Rayyona Ibrohimova muhofazakor oilaning farzandi, hijobda ekanligi maъlum boʻldi. Oradan bir yil oʻtib, Rayyonaning suratlari yana ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda, u haqida postlar yozilmoqda. Bu gal Rayyona Ibrohimova prezident Shavkat Mirziyoevdan davlat mukofotini olganidan koʻra, uning tashqi koʻrinishi tillarga tushdi. Hammaning muhofazakor tasavvuridagi Rayyona suratlarda hijobsiz, boshda doʻppi va biroz pardozli gʻarbcha klassik koʻrinishda edi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Rayyonaning hijobi prezident bilan uchrashuv uchun echtirilganini yozishdi.

    Davomini o'qish...
    490
    03.07.2025 16:11