Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

  • DINIMIZGA XIZMAT QILIB OʻTDILAR

    Bugun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) hazratlarining vafot etganlariga 10 yil boʻldi. Shayx hazratlari 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyati Asaka tumani Niyozbotir qishlogʻida tavallud topganlar. Hazrat 2015 yil 10 mart kuni yurak infarktidan vafot etgan edilar. Qisqa umrlari davomida bir oʻzlari Islomning har bir fani boʻyicha butun bir kutubxonaga joy boʻlgudek asarlarni yozib, tarjima qilib, sharhlab xalqimizga armugʻon qilib ketdilar. Shayx hazratlarining ummat uchun qilgan ishlaridan Alloh taolo Oʻzi rozi boʻlsin, rahmatiga olsin! Hazratning vafotlari haqida mudhish xabarlar tarqalgan kunlarda yozilgan xotirani yana bir bor eъtiboringizga havola qilishni lozim topdik. Iltimos, maqolani oʻqigach, bir bor “Fotiha” va uch bor “Ixlos” surasini oʻqib, Shayx hazratlari ruhlariga bagʻishlashni unutmang.

    Davomini o'qish...
    455
    10.03.2025 18:13