shaxs va jamiyat
Shaxsning jamiyat yuksalishidagi oʻrni qanday?
Jamiyat, bu tirik jism boʻlib, bir shaxs yoʻliqishi mumkin boʻlgan kasallik va illatlarga u ham yoʻliqadi. Hukumatlar shaxslarni halok qiluvchi kasalliklardan, yomon illatlardan himoya qilishga harakat qilgani kabi toza, insonparvar madaniyatlar va qonunlar ham jamiyatlarni ijtimoiy-xulqiy kasalliklardan himoyalashga harakat qiladi. Mana shu madaniyat va qonunlar yordamida millat kuchli boʻladi va oʻz masъuliyatini qatъiyat bilan bajara oladi. Shu tariqa millat insonni halokatga etaklovchi omillarga qarshi sobit turadi. Barchani sigʻdira oladigan omonlik bagʻrida, butun insoniyatni qurshaydigan saodat ichida yashaydi. Bora-bora samodagi farishtalar misoli xavf-xatardan va xafagarchilikdan uzoqlashib, ruhiy xotirjamlikka erishadi.
Davomini o'qish...7111.06.2025 14:07