qasam iching
- 01
Vladimir Putin beshinchi marotaba Rossiya prezidenti lavozimini egalladi. Olti yillik muddat uchun qasamyod qabul qilish marosimi Kremlda 2600 dan ortiq mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Biroq AQSh, Evropa Ittifoqi davlatlari vakillari marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi. EI davlatlari mazkur marosimda ishtirok etish masalasida ikki tomonga boʻlinib qoldi: Frantsiya, Vengriya va Slovakiya Moskva bilan aloqa kanallarini saqlab qolish uchun marosimga vakil joʻnatish kerak, degan boʻlsa, Germaniya va boshqa EI davlatlari bunga qarshi chiqdi.