qaramlik
Sigaret, qimor, ichkilik va giyohvandlikka qaramlik sabab Turkiya iqtisodiyoti 78 mlrd dollar yoʻqotmoqda
Hisobotda qaramlikning moliyaviy zararlaridan tashqari boshqa oqibatlari ham keltirilgan. Jumladan, chekishning oʻzidan kelib chiqadigan kasalliklarni davolash YaIMning 2,2 foiziga teng. Afsuski, soʻnggi 20 yilda aholi orasida sigaret isteъmoli 39 foizga ortib, yiliga 108 mlrd donadan 150 mlrd donaga etgan. Turkiyada yiliga 1,3 mlrd litr spirtli ichimlik isteъmol qilinadi — bu bevosita 5,5 mlrd dollar xarajatdir. Yoʻl-transport hodisalarining 22 foizi mast holda boshqaruv tufayli sodir boʻladi va iqtisodiyotga 15 mlrd dollar zarar etkazadi. Qimor oʻyinlari (ayniqsa, onlayn-kazino) esa eng xavfli illat sifatida qayd etildi. U nafaqat moliyaviy yoʻqotishlarga, balki oilalarning buzilishi, qarzdorlik, firibgarlik va jinoyatchilikning oshishiga olib kelmoqda.
Davomini o'qish...10129.08.2025 07:21