oldini olish
“Barchamiz bir kemadamiz...”
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: "Alloh taoloning hududiga (buyruq va qaytariqlariga) rioya etadigan va oʻzgalarni ham shunga undaydigan yaxshi odamlar bilan yomon-munkar ishlardan qaytariqlarga beparvo kimsalarning holi bitta kemaga chiqqan bir toʻp kishiga oʻxshaydi. Qurъa tashlash asosida ulardan baъzilari kema yuqorisiga, baъzilari esa pastki qismiga joylashishadi. Pastdagilar suvga ehtiyoj sezishsa, yuqoridagilarning oldidan oʻtishadi. Shunda ular: "(Kemaning) oʻzimizga tegishli qismidan (pastdan) bir teshik ochsak-chi, shunda yuqoridagilarni bezovta qilavermasdik", deyishadi. Ustki qavatdagilar ularni bu istakdan qaytarishmasa, pastdagilar ham, oʻzlari ham halok boʻlishadi. Mone boʻlishsa, hammalari omon qolishadi" (Buxoriy rivoyati).
Davomini o'qish...27419.06.2025 09:15