Istanbul fath
Itanbul fathiga 572 yil toʻldi yoxud maqtovga loyiq boʻlgan fotih kim edi?
Bugun Konstantinopol fath etilgan kun: hijriy 857, milodiy 1453 yil yigirma oltinchi robiul-avvaldan boshlab Muhammad Fotih shaharni qamal qildi va nihoyat, biz xotiralab turgan ayni shu kunda, aniqroq aytganda, yigirma uchinchi jumodul-avval erta tongda shaharni fath qilishga muvaffaq boʻldi. Yaъni, qamal ikki oyga yaqin davom etdi. Muhammad Fotih shaharga zafar bilan kirib borgach, tulporidan tushib, shu ishga muvaffaq aylagani uchun Allohga sajda qilib, shukrona aytgani tarix zarvaraqlariga muhrlandi. Shundan soʻng u Ayo Sofiya cherkoviga bordi. Vizantiya xalqi va rohiblari cherkovga toʻplanib olishgan edi. Muhammad Fotih ularga omonlik berdi va Ayo Sofiya cherkovini masjidga aylantirishga amr qildi. Birinchi juma namozida fath xutbasi oʻqildi.
Davomini o'qish...18429.05.2025 15:57