Alisher Navoiy

  • Hazrat Navoiyni tushunish sari – Hasanxon Yahyo Abdulmajid

    Hozirda jamiyatimizda mumtoz adabiyotimizga, jumladan, hazrat Navoiyning ijodiga nisbatan asosan ikki xil yondashuv bor. Bir guruh kishilar unga mehr qoʻyib, bu ulugʻ shoirning asarlarini qiziqib oʻrganadi, lekin islomiy ilmlardan bexabar boʻlganlari uchun bu muhtasham olamning goʻzalliklarini etarlicha koʻra olmaydilar, xush iforlarini tuya olmaydilar. Shuning uchun ham boʻlsa kerak, bunday kishilarning siyratida buyuk adiblarimizning bebaho oʻgitlarining inʻʻikosini topish mushkul. Yanada aniq qilib aytsak, bu toifa odamlar mumtoz adabiyotimizda kuylangan islomiy eʻʻtiqod va axloqlarni oʻz shaxsiy hayotlarida etarlicha amalga oshira bilmaydilar. Bunga oʻtgan davrlarda qasddan dindan uzoqlashtirilganimiz, adabiyotimiz dinsizlashtirilgani, uni oʻrganish tartibi buzilgani, asl manbadan oʻrganmay qoʻyilgani, tasavvufiy adabiyot istilohlarini bilmaslik kabi omillar ham sabab ekanida shubha yoʻq...

    Davomini o'qish...
    09.02.2024 11:54