Ayollarni chekishga oʻrgatgan odam yoxud Edvard Berneys siri
1929 yili Nьyu-Yorkda Edvard Berneys ismli shaxs Lucky Strike
tamaki kompaniyasi foydasi uchun hiyla ustiga qurilgan kampaniya uyushtirdi.
Berneys bu orqali asl muddaosini odamlardan yashirib, jamiyatni manipulyatsiya
qilishga bel bogʻlagandi.
Xoʻsh, Edvard Berneys aslida kim edi? U jamoatchilik bilan
aloqalar va marketing tarixi targʻibotchilari orasida etakchi shaxs sifatida
tanilgan.
Berneys nafaqat
mashhur ruhshunos Zigmund Freydning jiyani, balki oʻz davrining etakchi manipulyatori
sifatida ham nom qozongandi. U Lucky Strike bilan shartnoma tuzib, kompaniya tamaki
mahsulotlarining savdosini oshirish ustida ham ishlagan.
Ustomon Berneys
qoʻllagan aldamchi usullar natijasi oʻta samarali boʻlganini nafaqat bugungi
zamonaviy Gʻarb, balki baъzi musulmon davlatlardagi ayollarning ahvolidan ham bilishimiz mumkin.
Keling, XX asr boshlaridagi Amerika jamiyatiga nazar tashlaylik.
Oʻshanda ayollarning koʻcha-koʻyda sigaret chekishi nafrat bilan qarshi olingan, baъzi
joylarda hattoki bu holat taqiqlangan ham edi. Ushbu davrda amerikalik ayollar
orasida tamaki chekish koʻrsatkichi juda past boʻlgan – yaъni taxminan 5%.
Shunday vaziyatda American Tobacco Company rahbari Jorj
Vashington Hill ayollar orasida kashandalikni yoyish orqali koʻp daromad olish
mumkinligini yaxshi bilardi. Shu maqsadda u makkor Berneys bilan shartnoma tuzadi.
Berneys Zigmund Freyd va boshqa psixologlar bilan maslahatlashganidan soʻng, oʻta
gʻalati, lekin samarali loyiha tayyorlaydi. Bir guruh feminist ayollar bilan
kelishib, ularni 1929 yilgi anъanaviy pasxa yurishida ishtirok etishga chorlaydi.
Feministlar yurish vaqtida uzun paypoqlaridan sigareta chiqarib, uni tutatishlari
kerak edi.
Loyihaning asosiy gʻoyasi quyidagicha talqin qilingandi:
Ayollar Amerikada erkaklar tomonidan tazyiqqa uchramoqda,
ularning eri cheklanmoqda. Sigaret – bu bosimga qarshi kurash ramzi. Ularning
qoʻlidagi choʻgʻlangan sigaretalar – erkinlik mashъalasi.
Berneys jurnalistlar bilan ham oldindan kelishib qoʻygan edi.
Ular tadbirni yoritib, sigaret chekishni erkinlik ramzi sifatida koʻrsatishlari
kerak edi.
Shunday boʻldi ham: kampaniya shunchalik muvaffaqiyatli chiqdiki, 1923 yilda ayollar
orasida sigara chekish 5% atrofida boʻlsa, 1929 yilda 12% ga, yana bir necha yil
oʻtib 35% gacha oshdi. Berneys ayollar kashandaligini “ayollar erkinligi” deb qayta
kodladi. Jamiyatda va OAVda “tamaki chekish – erkinlik ramzi” deb qabul qilindi.
Shu bahona bilan Lucky Strike'ning savdosi uchdi.
Tasavvur qiling, shu makkor Berneys jamoat oldiga chiqib
"ayollar sigaret cheka boshlasa, kompaniyamiz katta foyda koʻradi. Shu bois
barcha ayollarga iltimos qilaman – sigaret chekishni boshlang", desa nima
boʻlardi? Albatta kulgu va tanqidlar ostida qolardi. Axir bu haqiqat edi-ku.
Lekin uchiga chiqqan yolgʻonchi Berneys sigaretni erkinlik timsoliga aylantirib, oʻz
maqsadiga erishdi.
Doim shunday boʻlgan: buzgʻunchilar oʻzlarini islohotchi sifatida
koʻrsatib, jozibador gaplari bilan sodda odamlarni chalgʻitib, fisq-u
fujur va axloqsizlikni
yoygan. Oʻzi esa buning ortidan moʻmaygina daromad topishga uringan. Ogoh boʻlaylik!