Hayit bayramini zavqli oʻtkazishning 5 usuli
Shubhasiz bayramlar farzand tarbiyasiga oʻz taʻʻsirini oʻtkazadi, bolani qadriyatlarni qabul qilishga, atrofdagilar, yaqinlari bilan munosabati shakllanishiga hissa qoʻshadi. Bolalikdagi bu unutilmas onlar bolaga hayotda ishonch bilan odimlashda yordam beradi. Bolalar uchun hayit bayramini zavqli oʻtkazishning 5 usuli.
Begʻubor
bolalikning shirin damlari bayramda onajonimiz tayyorlagan lazzatli taomlaru
oppoq bayram dasturxoni atrofida jamuljam boʻlgan qarindosh-urugʻlar bilan
chambarchas bogʻliq.
Shubhasiz bayramlar farzand tarbiyasiga oʻz taʻʻsirini oʻtkazadi,
bolani qadriyatlarni qabul qilishga, atrofdagilar, yaqinlari bilan munosabati
shakllanishiga hissa qoʻshadi.
Bolalikdagi bu unutilmas onlar bolaga hayotda ishonch bilan
odimlashda yordam beradi.
Dinimizda xatto bayramlarda ham juda katta hikmatlar koʻzda
tutilgan.
Hayit musulmon kishi uchun Yaratganning roziligini qozonish,
Unga boʻlgan muhabbat va shukrni ifodalash, nuridiydalarimizga bayramning
mohiyatini anglatish va bu quvonchli kunlarni yanada intiqib kutishlari uchun ushbu
ayyomni bor goʻzalliklari bilan koʻrsatib berish demakdir.
Bayramni yanada fayzli oʻtkazish uchun baʻʻzi tavsiyalarni siz
bilan baham koʻrmoqchimiz:
1. Xonadonimizga
bayram kayfiyatini kiritish
Bola kelayotgan bayram haqida eshitish bilan birga bu quvonchli
kunga oʻzi ham tayyorgarlik koʻrish ishlarida ishtirok etishi juda muhim.
Farzandlaringiz bilan birga uyingizni qanday qilib bezash
haqida bosh qotiring: Sharlar, plakatlar, gullar – bularning hammasi uyingizga
bayram shukuhini baxsh etadi.
2. Bayram mohiyatini tushuntirish
Kichik yoshlaridanoq bolalar hayit faqatgina konfet va
shirinliklarni toʻyib eyishu hayitliklar yigʻish kuni emasligini, aksincha, Qurbon
hayiti butun insoniyat uchun muhim va ibratli kun ekanini bilishi shart.
Nuridiydangizga Allohga boʻlgan muhabbat va Uning amrlariga
taslim boʻlishning timsoli boʻlgan Ibrohim alayhissalom qissasini hikoya qilib
bering.
3. Sovgʻasiz bayram bayrammi?
Hayitga bir necha kun qolganda bolalaringizga; bobojon-buvijonlarga,
yaqinlarga tabrik qogʻozlari va sovgʻa-salomlarni tayyolashni topshiring yoki ularni
yordamga chaqiring.
Balki dilbandingiz ham anchadan buyon orzu qilib yurgan narsani
sovgʻa tarzida olar. Axir hayit yaqinlarimizni xursand qilish uchun ajoyib
imkoniyat.
4. Bayram dasturi
Koʻpincha hayit deganda noz-neʻʻmatga toʻla dasturxon atrofida
chaqchaqlashib oʻtirgan kattalar va koʻchada shataloq otgancha hayitlik pullarini
doʻkonchadan boʻlmagʻur narsalarni olishga sarflayotgan bolalar koʻz oldimizga keladi.
Bayram faqat qorin toʻydirishdan iborat boʻlib qolmasligi uchun
avvalroq bolalar uchun moʻljallangan bayram dasturini tuzib qoʻying:
Quvnoq bellashuvlar:
uncha murakkab boʻlmagan viktorinalar bolalardagi
energiya-quvvatni kerakli narsalarga yoʻnaltirishda juda qoʻl keladi.
5. HAYIT yaxshilik qilish kuni
Farzandingiz bu ajoyib kunning hikmatini his qilishi uchun xayru ehsonlarni
muhtojlarga tarqatib chiqishda siz bilan birga ishtirok etishga undang. Bu bilan u
yaxshilik qilishga kichik yoshidanoq odatlanadi va buning rohatini qalbida his
qilishni oʻrganadi.
Ramazon
hayitingiz muborak boʻlsin!
©Yaxshi ona