Oʻzbekistonda tabiiy toza mahsulotlar targʻiboti bilan shugʻullanib kelayotgan jamoat faoli Nurbek Toshniyoz boshchiligidagi dehqonlar tomonidan biologik usulda etishtirilgan piyoz Ummondagi laboratoriyada agrozaharlardan holi deb topildi. Bu haqda oʻzbek biolog olimi Baxtiyor Abdugʻafur oʻz sahifalarida maʻʻlum qildi.

“Nurbek Toshniyoz aka bir necha yildan beri sof organik mahsulot etishtirish bilan shugʻullanar, bizning "BIOAZOT" biooʻgʻitimizdan foydalanar edilar. "BIOAZOT" bilan oziqlantirilgan piyoz Ummonga yuborilgan va u erda laboratoriya sinovlaridan ztkazilgan edi. Mahsulotda 300 turdagi agrozaharning bor-yoʻqligi tekshirilgan. Shu 300 zaharning birortasi ham aniqlanmagan va mahsulotga "organik" xulosasi berilgan”, - deb yozdi u.

Olimning qayd etishicha, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi juda katta imkoniyatga ega. Agar rivojlangan dunyo talabi boʻyicha mahsulot etishtirishga oʻtilsa, uning daromadi neft-gaz daromadidanda yuqori boʻladi.

“Rivojlangan dunyo zaharsiz mahsulot xohlaydi. Uni kamida 3 barovar qimmat narhda sotib olishga rozi! Agrar sohaning organik mahsulotlariga bugungi rivojlangan dunyoda talab oʻta yuqori! Yana takrorlayman, oʻta yuqori! Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qila olmayotganimiz sababi haddan tashqari agrozaharlarni koʻp qoʻllayotganimizdir!” – deb kuyundi biolog olim.

Nurbek Toshniyoz ushbu piyoz Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumani “Istiqlol” MFYdagi hamkor dehqon tomonidan kimyoviy oʻgʻit va zaharlarsiz etishtirilganini maʻʻlumqildi.

Taʻʻkidlashicha, ekishdan oldin dalaga 5-10 sm qalinlikda mahalliy oʻgʻit berilib, shudgor qilingan. Piyoz unib chiqqanidan keyin – bahorda hafta oralatib uch marta bargiga bioazot sepilgan.

“Qishda piyozga zang tushgan, ammo qish chiqib, kun qizishi bilan zang oʻzidan-oʻzi ketdi, - degan dehqon unga. - Pishayotganida ozroq qorakuya ham tushdi, ammo sabr qildik, oʻsimlikning oʻziga qoldirdik kurashni. Hosilga taʻʻsiri boʻldi, albatta. Ammo butkul yoʻq qila olmadi”.

Uning qoʻshimcha qilishicha, piyoz etishtirish xarajatlari anʻʻanaviy - kimyoviy oʻgʻit va zaharlar bilan ishlanadagigan usuldagidan kamroq boʻldi. Faqat hosil kam boʻlgani hisobidan tannarx qimmatroq tushgan.

Ayni paytda hosilni chetga eksport qilish rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga aloqador