14.08.2025 14:28
75
Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi
Qator davlatlarda, xususan Rossiyada mehnat migrantlarini qurolli harakatlar uchun yollash holatlari koʻpaymoqda. Migratsiya agentligi xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini bu kabi mojarolarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi.
Agentlikka koʻra,
– qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
– harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
– xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qoʻshilish;
– shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish takliflariga rozilik berish qatъiyan taqiqlanadi.
Maъlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat oʻtash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.