Xitoylik investor Andijonda 250 million dollarlik majmua quradi
Andijon viloyatining Bobur shahrida xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoevning ushbu viloyatga tashrifi davomida maъlum qilindi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, Bobur shahrida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi eъlon qilinganidan soʻng, koʻplab sarmoyadorlar shahar qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirgan.
Jumladan, xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga bu erda zamonaviy majmua qurmoqchi boʻlgan.
Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga moʻljallangan uy-joy quriladi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt boʻlgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi. Qayd etilishicha, qurilgan GESlarga 1 yil davomida bepul servis xizmati koʻrsatiladi.
Andijonga borgan Mirziyoev mutasaddilarga investitsiyalarni koʻpaytirish, investorlar bilan yaqindan ishlab, zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.