21.04.2025 16:49
131

WOLAS Oʻzbekiston hukumatini BAAda oʻlimga hukm qilingan fuqarolarini himoya qilishga chaqirdi

Butunjahon huquqshunoslar uyushmasi (WOLAS) Oʻzbekiston fuqarolarini Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da qatl etilishdan saqlab qolish uchun kurashmoqda. Bu haqda uyushma maxsus bayonot bilan chiqdi.


Avvalroq xabar qilganimizdek, uch oʻzbekistonlik – Olimboy Davlatyorov, Mahmudjon Kenjaboev (ikkisi ham 28 yoshda) va Azizbek Ismailov (33 yoshda) Moldova-isroil fuqarosi Zvi Koganni oʻldirishda ayblanib, ularga nisbatan BAA sudi tomonidan oʻlim jazosi tayinlangan edi. 


WOLAS ushbu jazo turi xalqaro qonunlarga zid ekanligini bildirmoqda. Shuningdek, maxsus sudlarda chiqarilgan hukmlar, bosim va noaniq sharoitlarda amalga oshirilishi, shu jumladan, qiynoqlar yoki majburiy guvohliklar adolatli sud jarayonining buzilishiga olib kelishi aytib oʻtilgan.


Bundan tashqari, tashkilot Oʻzbekiston hukumatini ham BAAdagi diplomatlar orqali mustahkam choralar koʻrishga, ularning huquqlarini himoya qilish hamda oʻlim jazosi va qamoqdan saqlanishini taъminlashiga chaqirmoqda.

Mavzuga aloqador