15.03.2025 13:12
162

Umra uchun 1 mln dollar: Diniy qoʻmita litsenziya uchun arizalarni qabul qila boshladi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita joriy yil 7 mart kuni Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlik subъektlaridan yangi arizalar qabuli boshlanganini maъlum qildi. Bu haqda faqatgina qoʻmitaning rasmiy saytida eъlon berildi. 

Litsenziya talabgorlari uchun «Ziyorat» jamgʻarmasiga 1 million dollarlik zaxira qoʻyilishi, aviakompaniyalar bilan tuzilgan shartnoma kabi shartlar oʻzgarmagan. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonda yuzga yaqin turfirma Umra xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega edi. Ammo litsenziya olish qiyinlashtirilishi, xususan, 1 mln dollarlik zaxira talabi kiritilganidan keyin bu xizmatni koʻrsatuvchilar soni keskin qisqardi. Xususan, 2024 yil noyabrь oyida Umra ziyoratini tashkil qilish uchun atigi 12 ta turfirmaga litsenziya berildi.

Mavzuga aloqador