15.07.2025 17:53
116

Umra mavsumi qachondan boshlanishi maъlum qilindi




Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishini eъlon qildi.

Soʻnggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar koʻrsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari Haj-umra markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 30 yildan ortiq amaliy tajriba asosida ziyoratchilar uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.

Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:

Uzbekistan Airwaysning Toshkent–Jidda–Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan toʻgʻri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada boʻlish;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yoʻnalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal ovqatlanish;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, Ravza, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr togʻlariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.

Qayd etilishicha, umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarning oson va xotirjam oʻtishini taъminlaydi.

Mavzuga aloqador