Turkiyada MOSSAD josuslariga pul etkazib turgan shaxs ushlandi
Turk Milliy razvedka tashkiloti Isroilning MOSSAD tashqi razvedka xizmati uchun Turkiyada faoliyat olib borayotgan shaxslarga pul etkazib turgan kosovalik Liridon Reksepini hibsga oldi. Reksepi, shuningdek, dron yordamida tasvirga olish, falastinlik siyosatchilarga qarshi psixologik amaliyotlar oʻtkazish bilan ham shugʻullangan.
Turkiya
sudi Istanbulda qoʻlga olingan Isroilning MOSSAD tashqi razvedka xizmati uchun pul
etkazib berish vazifasini bajarib kelgan kosovalik Liridon Reksepini hibsga olish
toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Xavfsizlik
manbalaridan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil razvedkasi nomidan Reksepi dron
yordamida tasvirga olish va falastinlik siyosatchilarga qarshi psixologik amaliyotlar
ham oʻtkazgan. Uning Turkiyada Suriya boʻyicha maʻʻlumot yigʻayotgan xodimlarga pul
oʻtkazgani maʻʻlum boʻldi.
Turkiya
razvedka tashkiloti (MİT) Reksepining hisobidagi barcha shubhali operatsiyalarni
kuzatib, uning bir necha marta Western Union orqali Turkiyadagi xodimlariga pul
oʻtkazmalarini amalga oshirganini aniqladi.
Rexperi
Turkiyaga kirgan 25 avgustdan beri kuzatuv ostida boʻlgan hamda MİT va Istanbul
politsiyasi muvofiqligida 30 avgust kuni qoʻlga olingan.
Soʻroq paytida Reksepi pul oʻtkazmalarini amalga oshirganini
tan oldi va sud tomonidan hibsga olindi.