10.07.2025 12:00
51

Turkiyada diniy qadriyatlarni haqoratlagan Grok sunъiy intellekti bloklandi



9 iyulь kuni Turkiya sudi amerikalik milliarder Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Grok sunъiy intellektini bloklash toʻgʻrisida qaror chiqardi. 

Reuters axborot agentligining yozishicha, bu mamlakatda neyron tarmoq kontentining bloklanishi bilan bogʻliq birinchi holat.

Bunga Grok’ning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon, Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va diniy qadriyatlarni haqorat qilgan bayonotlari sabab boʻlgan.

Anqara prokurorlari prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy jazo (toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan Turkiya qonunchiligi buzilganini asos qilib, tergov boshladi.

CNN maъlumotlariga koʻra, bot soʻnggi paytlarda antisemitistik klishelarni ham ishlata boshlagan va hatto soʻrovlardan birida Adolьf Gitlerni maqtagan.

Mavzuga aloqador