Turkiyada 7 mashina ishtirokidagi avariyada 10 kishi hayotdan koʻz yumdi
Turkiyaning Sakarya viloyatida avtomagistralda uch avtobus, bir yuk mashinasi va 4 engil avtomobilʻ ishtirokida YTH sodir boʻldi.
Turkiyadagi
Shimoliy Marmara avtomagistralining Sakarya qismida 7 ta mashina ishtirokida sodir
boʻlgan YTHda 10 kishi halok boʻldi, 59 kishi tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda
Anadolu. Hodisa sodir etgan avtomashinalardan 6 nafarining haydovchisi qoʻlga olingan.
Qayd
etilishicha, avtomagistralning Istanbul yoʻnalishi Tashkisigʻi manzilida uch avtobus,
bir yuk mashinasi va toʻrt engil avtomobilʻ halokatga uchragan. Soʻnggi
maʻʻlumotlarga koʻra, avariyaga yoʻlni quyuq tuman qoplashi sabab boʻlgan.
Sogʻliqni
saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy media hisobidagi postida voqea joyida 10
kishi halok boʻlgani, 59 kishining tan jarohati olgani, ularning 8 nafari ogʻir ekanini
bildirdi.
Sakarya
voliysi Yashar Karadenizning jurnalistlarga avariya sabablari oʻrganilayotgani,
dastlabki taxminlarga koʻra, YTH bir avtomobilning yuk mashinasiga urilishi sabab boshlangani,
soʻngra boshqa avtomobillar ketma-ket toʻqnashganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, dastlabki
surishtiruvlarda halok boʻlganlarning bir qismi mashinalardan tushganida orqadan
kelgan bosh mashina urib yuborgan piyodalar ekani aytildi.