09.08.2025 14:23
73

Turkiya va Senegal muhim kelishuvlarga erishdi



Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Senegal bosh vaziri Usmon Sonko oʻrtasida yakkama-yakka uchrashuv va delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimi tashkil etilgan.

Jumladan, Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler va Senegal qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Birame Diop ikki davlat oʻrtasida harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv hamda hukumatlar oʻrtasida 2020 yil 28 yanvardagi moliyaviy yordamni amalga oshirish protokoliga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi protokolni imzolashgan.

Bundan tashqari, Senegal va Turkiya oʻrtasida kino, audiovizual va mulьtimedia vositalari sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Turkiya respublikasi oliy taъlim kengashi va Senegal respublikasi oliy taъlim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar vazirligi oʻrtasidagi anglashuv memorandumini amalga oshirishga kelishib olingan.

Mavzuga aloqador