21.04.2025 19:06
226
Turkiya poytaxtida Ahmad al-Fargʻoniy byusti oʻrnatildi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida olim va davlat arbobi Ahmad al-Fargʻoniy byustning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Maъlum qilinishicha, tadbirda oʻzbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tojixonov, Anqara shahri Kechioʻren tumani hokimi Mesut Oʻzarslan, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bosh kotibi oʻrinbosari Sayid Yusuf hamda Turkiya Buyuk millat majlisi vakillari ishtirok etgan.
Avazxon Tojixonov oʻz nutqida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik munosabatlarni rivojlanayotgani haqida soʻz yurtigan va alloma Ahmad al-Fargʻoniyning byusti Anqara shahridagi markaziy bogʻda oʻrnatilishi katta ahamiyatga ega ekaniga urgʻu bergan.
Kechioren tumani hokimi Mesut oʻzarslan hamda TURKSOY bosh kotibi oʻrinbosari Sayid Yusuf Ahmad al-Fargʻoniyning ilmiy merosi nafaqat oʻzbekistonliklar, balki barcha turkiy xalqlar uchun faxr va ilhom manbai ekanini taъkidlab oʻtishgan.