20.11.2024 09:25

Tramp shifokor Mehmet Oʻz nomzodini federal sogʻliqni saqlash xizmatlari rahbari lavozimiga taklif qildi



AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Medicare va Medicaid federal sogʻliqni saqlash xizmatlari direktori lavozimiga kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan shifokor Mehmet Oʻz nomzodini ilgari surganini eʻʻlon qildi. Tramp Amerika sogʻliqni saqlash sohasida jiddiy inqirozga duch kelganini va bu muammolar bilan shugʻullanish uchun Oʻzdan koʻra malakali shifokor yoʻqligini aytdi.

AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Truth Social  ijtimoiy tarmogʻida Medicare va Medicaid federal sogʻliqni saqlash xizmatlari (CMS) direktori lavozimiga kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan shifokor Mehmet Oʻz nomzodini ilgari surganini eʻʻlon qildi.
Tramp Amerika sogʻliqni saqlash sohasida jiddiy inqirozga duch kelganini va bu muammolar bilan shugʻullanish uchun Oʻzdan koʻra malakali shifokor yoʻqligini aytdi.

Mehmet Oʻzning Garvard universitetida boshlangan taʻʻlim hayoti va karʻerasiga toʻxtalib oʻtgan Tramp uning Amerika sogʻliqni saqlash tizimidagi koʻplab muammolarni hal qila olishiga urgʻu berdi.

Qoʻshma Shtatlarda Medicare federal tibbiy sugʻurta operatori boʻlib, 65 yoshdan oshgan qariyalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatadi. Medicaid esa kam taʻʻminlangan guruhlarga tibbiy sugʻurta xizmatlarini koʻrsatadigan qoʻshma federal va davlat dasturi sifatida ishlaydi.

AQShda federal hukumat Medicare dasturi doirasida 860 milliard dollar va 2023 yilda Medicaid doirasida 848 milliard dollar sarfladi.

"Vikipedia" maʻʻlumotlariga koʻra, Mehmet Jengiz Oʻz — turk-amerikalik shifokor, boshlovchi va siyosatchi. Kolumbiya universitetida rektor oʻrinbosari va jarrohlik professori, Nʻyu-York Presviterian kasalxonasida yurak-qon tomir instituti va qoʻshimcha tibbiyot dasturini boshqaradi. Mehmet Oʻz 1960 yil 11 iyunda AQShning Ohayo shtatidagi Klivlend shahrida oʻzi singari shifokor boʻlgan konyalik Mustafo Oʻz oilasida tugʻilgan.