16.08.2025 09:54
124

Toshkentdagi spirtli ichimliklar doʻkonida janjal boʻldi



Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ommaviy janjal boʻlayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. 

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining maъlum qilishicha, 14 avgust kuni soat 22:35lar atrofida Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida 2001 yilda tugʻilgan R.B. va 2006 yilda tugʻilgan A.F., T.A., M.A. doʻkondan spirtli ichimlik xarid qilib, pulini toʻlamasdan ketmoqchi boʻlgan. Doʻkon egasi esa ularni toʻxtatib, toʻlovni amalga oshirishlarini soʻragan.

Ushbu shaxslar jamoat joyida boʻla turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan baqir-chaqir qilib, fuqarolar tinchligini buzgan, deyiladi xabarda. 

Voqea joyiga etib kelgan IIO xodimlari tartibbuzarlarni ushlagan va yaqin oradagi IIBga olib borgan. Janjalda tan jarohatlari olganlar yoʻqligi aytilmoqda.

R.B., A.F., T.A. va M.A.ga nisbatan Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Mavzuga aloqador