14.04.2025 07:23
108
Tojikistonda zilzila oqibatida uch yoshli bola halok boʻldi
Tojikistonda bir kunning oʻzida uch marta zilzila roʻy berishi oqibatida Rasht va Tojikobod tumanlarida jami 94 ta turar joy binosi va bitta maktab jiddiy shikastlandi, deya xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qoʻmitasi.
Shuningdek, er silkinishi Rasht tumanida 5–6 ball darajasini tashkil etgan. Aziya Plyus nashriga koʻra, Ushturpast qishlogʻida uch yoshli bola sodir boʻlgan zilzila paytida uy devori ostida qolib, halok boʻlgan.
Bu vaqtda Oʻzbekistonning etti viloyatida, jumladan Toshkentda ham 2–3 balllik silkinish roʻy bergan.
Xabar berilishicha, hozirda Tojikiston hukumati favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.