06.09.2025 09:21
79
Talabalar orasida jinoyatchilik ortib bormoqda
2024 yilda oliy taъlim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan boʻlsa, 2025 yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy taъlim muassasasining 307 nafar talabasi jinoyatga qoʻl urgan.
Ushbu jinoyatlarning aksariyati yoʻl-transport hodisalari, oʻgʻrilik, tan jarohati etkazish, bezorilik va firibgarlik bilan bogʻliq.
Oliy majlis senati matbuot xizmatining xabar qilishicha, talabalar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan oliy taъlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovga parlament soʻrovi yuborilgan.
Hududlar kesimida esa eng koʻp jinoyat Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Oliy taъlim muassasalari kesimida jinoyatlarning koʻpchilik qismi Toshkent davlat transport universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga toʻgʻri keladi.
Talabalarning dars mashgʻulotlariga qatnashini etarli darajada monitoring qilinmaganligi oqibatida ular tomonidan jinoyatlar dars vaqtida, yaъni soat 08:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davr mobaynida ham sodir etilgan.
"Sohada faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan korruptsiya holatlari boʻyicha qator jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan", deyiladi senat xabarida.