26.03.2025 09:24

Suriya hukumati Palmiradagi harbiy bazani Turkiyaga topshirdi

Suriya yangi hukumati Palmirada joylashgan harbiy bazani Turkiyaga topshirdi. Ushbu baza Germaniyadagi AQShning Ramshteyn bazasi kabi yirik harbiy infratuzilmaga ega boʻlishi kutilmoqda.


Anqara mazkur qaror haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va yirik davlatlarni rasmiy ravishda xabardor qilganini bildirdi. Turkiya har qanday agressiya harakatiga qarshi kuch bilan javob berishini taъkidlab, hozirda mintaqadagi harbiy mavqeini mustahkamlashga kirishgan.


Palmira tarixan Sharq va Gʻarb, Shimol va Janubni bogʻlovchi muhim savdo yoʻllari kesishgan hudud boʻlib kelgan. Bugungi kunda esa uning strategik ahamiyati yana ortib bormoqda.


Isroilning xavotiri ortmoqda


Ushbu voqea Isroilni jiddiy tashvishga solayotgani bor gap. Isroil ommaviy axborot vositalarida eъlon qilingan maъlumotlarga koʻra, Turkiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki Isroil xavfsizligiga bevosita tahdid tugʻdirishi mumkin. 


Xususan, Anqara istalgan vaqtda oʻz harbiy kuchlarini shimoldan Palmira tomon yoʻnaltirishi va mintaqadagi taъsir doirasini kengaytirishi isroil tomoni uchun jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi.


Isroil mazkur jarayonni toʻxtatish uchun AQSh bilan muzokaralar oʻtkazishga kirishmoqchi. Unda Turkiyaga qarshi muvozanat yaratish maqsadida Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolish masalasi ham muhokamaga qoʻyilishi kutilyapti.

Mavzuga aloqador