24.03.2025 22:52
Suriya shimoli-sharqiy neft konlarini nazoratga olishga tayyorlanmoqda
Suriya Neft va mineral resurslar vazirligi vakili Ahmad Sulaymonning maъlum qilishicha, vazirlik shimoli-sharqiy hududlardagi neft konlarini oʻz nazoratiga oʻtkazish uchun maxsus qoʻmitalar tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Sulaymon nashrga bergan intervyusida ushbu qoʻmitalar hozirda konlarni nazorat qilayotgan Suriya Demokratik Kuchlari (SDF) oʻrnini egallashini, shundan soʻng texnik guruhlar obъektlarning holatini baholash ishlarini boshlashini taъkidlagan.
Bu qaror 10 mart kuni imzolangan kelishuvning mantiqiy davomidir. Mazkur kelishuv doirasida SDFning fuqaroviy va harbiy tuzilmalari Suriya davlat tizimiga integratsiya qilinishi belgilangan boʻlib, bunga chegara punktlari, aeroportlar hamda neft va gaz infratuzilmalari ham kiradi.