09.09.2025 07:15
53
Shaxsni tasvirga tushirishda rozilik olish majburiy boʻladi
Shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy etib belgilanmoqda. Bunda agar rozilik shaxs muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, shaxs vafot etgan taqdirda, agar u hayotligi chogʻida rozilik bermagan boʻlsa, uning vorislari tomonidan beriladi.
Shuningdek, yangi qonun loyihasiga koʻra, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanishda bolalar mustaqil huquq subъekti sifatida belgilanyapti. Bunda 16 yoshga toʻlmagan shaxslar nomidan rozilik ularning ota-onasi (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan beriladi. 16 yoshdan boshlab esa, ushbu munosabatlarda bolalar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Bundan tashqari, loyihada videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni taъminlashga oid talablar belgilanmoqda. Bunda bino va inshootlarda videokuzatuv tizimlari oʻrnatilgan taqdirda, bu haqda ogohlantiruvchi belgi oʻrnatilishi shart boʻladi.