24.03.2025 16:02
308
Saudiyada qamoqqa olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ortga qaytarildi
Joriy yilning 12-14 mart kunlari 19 nafar oʻzbekistonliklar, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olinganlar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻlgan.
Gap shundaki, vatandoshlar Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kelgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga toʻlmaganlar ham bor. Ulardan baъzilari qarindoshlariga xabar bermasdan sayohatga chiqqani oilalarda tashvish va faol qidiruvga sabab boʻlgan, deyiladi xabarda.