15.11.2024 16:01
Ruslar Kiprning pravoslav qismidan musulmonlar qismiga koʻchib oʻtmoqda
Shimoliy Kipr Turk Respublikasida hozirda 20 mingga yaqin rus va ukrainaliklar istiqomat qiladi. Koʻpchilik ruslar Gʻarb sanktsiyalari tufayli orolning pravoslav yunon qismidan musulmonlar qismiga koʻchib oʻtmoqda.
Kiprning yunon qismi ham qoʻshilgan Gʻarb sanktsiyalari tufayli orolda yashovchi ruslar orolning shimoliy qismiga koʻchib oʻtmoqda, deb yozadi The Economist nashri.
Jurnalning qayd etishicha, shimolda yashovchi ruslarning aniq sonini hisoblash qiyin, ammo nikosiyalik demograf Mete Xatayning hisob-kitoblariga koʻra, hozirda u erda 20 mingga yaqin rus va ukrainaliklar bor.
Shu bilan birga, deb yozadi The Economist, bu oroldagi vaziyatni murakkablashtirdi, chunki Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) aholisi kam va taxminan 550 ming kishini tashkil qiladi.
Jurnal 2022 yilgacha koʻplab badavlat ruslar Kiprning yunon sektoriga oqib kelganini eslatib oʻtadi. Hatto Kipr Respublikasining ikkinchi yirik shahri Limassol ruslarning koʻpligi sababli mahalliy aholi tomonidan "Limassolgrad" deb atala boshlagan.