Ayrim kuchlarning Rossiyaga, shu jumladan Tojikistondan kelayotgan mehnat muhojirlari atrofidagi vaziyatni sunʻʻiy ravishda kuchaytirishga urinishlar birgalikda bostirilishi va xalqlar oʻrtasidagi vaqt sinovidan oʻtgan birodarlik munosabatlariga putur etkaza olmasligi aytildi.


Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Kremlʻ matbuot xizmati.

Suhbat davomida ikki tomonlama dolzarb mavzular, jumladan, terrorchilik tahdidiga qarshi kurash, migratsiya sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Shu nuqtai nazardan, tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, ayrim kuchlarning Rossiyaga, shu jumladan Tojikistondan kelayotgan mehnat muhojirlari atrofidagi vaziyatni sunʻʻiy ravishda kuchaytirishga urinishlar birgalikda bostirilishi va xalqlar oʻrtasidagi vaqt sinovidan oʻtgan birodarlik munosabatlariga putur etkaza olmasligi aytildi.

Imomali Rahmon Moskvada Gʻalaba kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirga taklif etildi va birgalikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga aloqador