28.03.2025 08:07
Ramazon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari maъlum qilindi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati joriy yilning 30 mart kuni oʻqiladigan Ramazon hayiti namozining rasmiy vaqtlari belgilanganini maъlum qildi.
Hayit namozi yurtimiz boʻylab quyidagi vaqt tartibida oʻqiladi:
06:20 – Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari
06:30 – Toshkent viloyati, Toshkent shahri
06:40 – Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari
06:45 – Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
06:50 – Buxoro, Navoiy viloyatlari
07:05 – Xorazm viloyati
07:15 – Qoraqalpogʻiston Respublikasi