Qurbon hayiti kuni Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi
16 iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi oʻqilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim koʻcha va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi (roʻyxat).
16 iyunʻ, yakshanba kuni kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha Toshkent
shahrining ayrim koʻchalari va yoʻllarida avtotransport vositalarining harakati
toʻliq cheklanadi, deb xabar
bermoqda poytaxt YHXB.
Qayd etilishicha, shu kuni poytaxtdagi 121
ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.
Harakat cheklanadigan hududlar roʻyxati
Mirzo Ulugʻbek tumani: «Toʻra buva» masjidi
oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi — Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli —
Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani: «Xoʻton» masjidi oldidagi
Bektemir shohkoʻchasi — Husayn Boyqaro koʻchasidan — Bektemir yoʻli
koʻchasigacha.
Olmazor tumani:
- «Islomobod»
masjidi oldidagi KHAY koʻchasi — KHAY — Sagʻbon koʻchalari
chorrahasidan, Nurafshon — Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
- «Hazrati
imom» masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi — Qorasaroy — Nurafshon
koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
- «Shayx
Zayniddin» masjidi oldidagi Koʻkcha darvoza — Nurafshon koʻchalari
chorrahasidan Koʻkcha darvoza —
Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha. - «Xoʻja
Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon koʻchalari chorrahasidan
Kamolon — Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
- «Kox
ota» masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi — Nurafshon — Sebzor koʻchalari
chorrahasidan Nurafshon — Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
- «Ubay
ibn Kaʻʻb» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi —
Al Xorazmiy — Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan
Al Xorazmiy — Katta qani chorrahasigacha.
- «Katta
Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi — Chilonzor —
Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon koʻchalari
chorrahasigacha.
- «Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi —
Al-Xorazmiy — Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk
koʻchasidan — Soʻgalli ota koʻchasigacha.
- «Novza»
masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy
Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
- «Abdullox
ibn Maʻʻsud» masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi — Lutfiy — Xirmontepa
koʻchalari chorrahasidan Lutfiy — Katta qaʻʻni koʻchalari chorrahasigacha.
- «Hazrati
Ali» masjidi Nazarbek-Maxorat koʻchalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy
1-tor koʻchalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
- «Minor»
masjidi oldidagi KXAY koʻchasi — KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan
KXAY -Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
- «Mirzo
Yusuf» masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi — Bogʻishamol koʻchasidan Shivli
koʻchasigacha.
Yakkasaroy tumani: «Usmon bin Maʻʻzun» masjidi
oldidagi KXAY koʻchasi — KXAY — Qushbegi chorrahasidan KXAY — Fayzli
Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
- «Islom
ota» masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi — Fargʻona yoʻli —
Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli — Tolimarjon koʻchalari
chorrahasigacha.
- «Ali
ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi — Imom Buxoriy —
Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon — Salohiyat koʻchalari
chorrahasigacha.
Mirobod tumani: «Qoʻyliq ota» masjidi oldidagi
THAY koʻchasi — Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan THAY va Munis koʻchalari
chorrahasigacha.
Shuningdek, masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham
avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolardan vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishlari
soʻraldi.