Oʻzbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari eʻʻlon qilindi
Gazeta.uz
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hududlarda Qurbon hayiti namozi vaqtlarini eʻʻlon qildi.
“Yurtimizdagi
jome masjidlarda 2024 yil 16 iyunʻ yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.
Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon
hayiti namozi oʻqiladi”, - deyiladi xabarda.
Respublikaning
boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda
ado etiladi:
Andijon 05:00
Namangan 05:00
Fargʻona 05:00
Toshkent sh. 05:10
Toshkent v. 05:15
Sirdaryo 05:15
Jizzax 05:15
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:20
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:25
Buxoro 05:30
Xorazm 05:45
Qoraqalpogʻiston Res. 05:50
Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin
15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
Eslatib
oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoevning qaroriga koʻra, oʻzbekistonliklar 2024
yilgi Qurbon hayiti bayramida ketma-ket 4 kun (5 kun ishlovchilar uchun) dam oladi.
Qurbon
hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam
olish kuni 17 iyunʻ – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18 iyunʻ – seshanba kuni barcha
xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.