12.06.2024 16:59
Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti 10:00 gacha bepul xizmat koʻrsatadi
Qurbon hayiti munosabati bilan 16 iyunʻ kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi va soat 10:00 gacha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Qurbon
hayiti kuni — 16 iyunda Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi
matbuot xizmati xabar
qildi.
Qayd etilishicha, shahar avtobus yoʻnalishlari
va metropoliten soat 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Maʻʻlumot uchun, poytaxtda Hayit namozi 05:10 da oʻqiladi.