05.06.2025 11:12
207
Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi bepul boʻladimi?
Ertaga, 6 iyunь kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda. Toshkent shahar IIBB YHXB Qurbon hayiti kuni soat 00:00 dan 08:00 shahardagi ayrim koʻchalar vaqtinchalik yopilishini ham maъlum qilgan.
“Toshkent metropoliteni” DUKga koʻra, ushbu kunda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metro odatdagidan ikki soat oldin ish boshlaydi.
Bundan tashqari, bayram munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida odatiy jadval boʻyicha poezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi.