Qozogʻiston Rossiyadan Oʻzbekistonga neftʻ tranziti rejasini ortigʻi bilan bajarmoqchi
2024 yilda Rossiya neftini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga
etkazib berish hajmi
rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi.
2024 yilda Rossiya neftini Qozogʻiston hududi orqali
Oʻzbekistonga etkazib berish hajmi
rejalashtirilgan 500 ming
tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda Qozogʻistonning magistralʻ neftʻ quvuri milliy
operatori «KazTransOil» xabar berdi.
Qayd
etilishicha, Qozogʻiston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neftʻ etkazib
berish jadvaliga muvofiq, yanvarʻ oyida «KazTransOil» Oʻzbekistonga 25 ming tonna
Rossiya neftini etkazib berishni taʻʻminlaydi.
Rossiya Oʻzbekistonga «KazTransOil» magistralʻ neftʻ quvurlari
tizimi orqali 2017 yildan neftʻ
etkazib berishni boshlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani,
2018 yilda 35,8 ming tonnani tashkil etdi. 2019-2022 yillarda Rossiya neftining
Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga tranziti boʻlmadi. 2023 yilda esa « KazTransOil» Oʻzbekistonga 154,3
ming tonna Rossiya neftini tashidi.