Qozogʻiston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi: nimalar maʻʻlum?
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 5 aprelʻ kuni tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Xiva shahrida prezidentlar norasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikdan tashqari, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari boʻyicha fikr almashdi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozogʻiston prezidenti
Qasim-Jomart Toqaev 5 aprelʻ kuni tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Urganch
xalqaro aeroportida Qasim-Jomart Toqaevni Shavkat Mirziyoev kutib oldi.
Dastlab
ikki davlat rahbarlari Xiva shahridagi “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurdilar.
Prezidentlar
korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdilar, kombinat
hududida tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar
koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.
Masʻʻul
vazirlik va idoralarga oʻzaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni
rivojlantirishga koʻrsatma berildi.
Soʻngra
Xivada norasmiy uchrashuv boʻlib
oʻtdi.
Muzokaralarda
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik
munosabatlarini yanada mustahkamlash, har tomonlama amaliy hamkorlikni
kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Prezidentlar
tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha uzoq muddatli
dasturni shakllantirish hamda transport va energetikada infratuzilmaviy
loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq topshiriq berdilar.
Qasim-Jomart
Toqaev uchrashuvda qozoq-oʻzbek tandemi hayotiy zarurat ekanini taʻʻkidladi.
«Biz
faqat birgalikda va uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini
taʻʻminlay olamiz», — dedi Toqaev.️ Shu munosabat bilan Qozogʻiston rahbari
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida 2034 yilgacha boʻlgan strategik sheriklik va
ittifoqchilik dasturi qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlagani xabar qilindi.
Muzokaralar
chogʻida davlat rahbarlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va
xavfsizlikni taʻʻminlash masalalariga alohida eʻʻtibor qaratdilar.
Shu nuqtai nazardan prezidentlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
navbatdagi 6-maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, S5+
formatidagi oʻzaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Qozogʻiston
prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Oʻzbekiston etakchisi Shavkat Mirziyoev hamrohligida
qadimgi Xivaning Ichan-qalʻʻa majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi.
Shu
kunning oʻzida Qozogʻiston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakuniga etdi. Oliy
martabali mehmonni Urganch xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidenti kuzatib
qoʻydi.