Qirgʻizistonda uyma-uy yurib dinga targʻib qilish taqiqlandi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov daʻʻvatchilik faoliyatini cheklovchi qonunni qabul qildi. Hujjatga koʻra, uyma-uy yurib dinga targʻib qilish taqiqlandi. Japarov dinga qarshi emasligini taʻʻkidlab, islomga daʻʻvat hech kimga noqulaylik tugʻdirmaydigan holatda, masalan, toʻy-hasham, janoza, bozor va boshqa gavjum joylarda oʻtkazish zarurligini taʻʻkidladi.
Qirgʻiziston
prezidenti Sadir Japarov seshanba kuni imzolagan “Din toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra
missionerlik faoliyatiga qator cheklovlar kiritiladi, deb xabar beradi Vb.kg.
Endilikda daʻʻvatchilarga uyma-uy yurib, odamlarni dinga daʻʻvat qilish taqiqlanadi.
Japarov
ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Qirgʻizistonning dunyoviy fuqarolari qonunni
qoʻllab-quvvatlagani, dindor fuqarolar esa uning qabul qilinishiga qarshi ekanini
qayd etgan.
“Odamlar
bu sayyor daʻʻvatchilar kimlar, ularda muftiylik, qoziyat yoki xatibiyat tomonidan
berilgan guvohnoma bormi, qaysi tashkilot yoki yoʻnalishni targʻib qilmoqda, bu
yoʻnalish dinimizga zidmi, degan savollarga javob olmoqchi”, - deb yozdi prezident.
Japarovning
soʻzlariga koʻra, daʻʻvatchilik maqsadida uyma-uy yurish masalasi ilgari qonun bilan
tartibga solinmagan: bunday faoliyatga kim ruxsat beradi, kimlar ishtirok etishi
mumkin va buning uchun qaerda taʻʻlim olish kerak, qanday varaqa yoki kitoblarni
tarqatish mumkin va ushbu materiallarni kim tekshiradi?
Japarovning
taʻʻkidlashicha, daʻʻvatchilar koʻpincha oilasi, bola-chaqasiga gʻamxoʻrlik qilmay, islom
diniga daʻʻvat qilish uchun uzoq muddatga uydan chiqib ketishadi.
“Fuqarolarimiz
oʻz oilasi va farzandlarini qarovsiz va boqish vositalarisiz qoldirib, 3 kun, 40
kun, hatto 4 oyga ketish holatlari ham uchrab turibdi. Bu qanday gap? Avval
oilangizni hech boʻlmaganda minimal miqdorda oziq-ovqat bilan taʻʻminlab, keyin
borib odamlarni dinga daʻʻvat qilish mumkin emasmi?" – soʻradi qirgʻiz
rahbari.
Japarov
dinga qarshi emasligini, islomga daʻʻvat hech kimga zarar keltirmasligini
taʻʻkidlab, uni hech kimga noqulaylik tugʻdirmaydigan, masalan, toʻy-hasham, janoza,
bozor va boshqa gavjum joylarda oʻtkazish zarurligini taʻʻkidladi.
“Muftiylik
va Ulamolar kengashidan takliflar kutamiz. Davralaringiz uchun qoidalarni eng
kichik tafsilotlarigacha ishlab chiqing va ularni taqdim eting. Davlat ularning
qatʻʻiy bajarilishi va tartibga solinishiga yordam beradi. Takliflaringizni qanchalik
tez topshirsangiz, shuncha yaxshi”, - dedi prezident.