29.07.2025 12:15
67

Qirgʻizistonda sudlanganlar endi prezident boʻlolmaydi



Prezident Sadir Japarov "Qirgʻiziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi.

Yangilik sudlanganlik holati mavjud boʻlgan, shu jumladan, sudlangani olib tashlangan yoki oʻchirilgan, shuningdek, reabilitatsiya qilmaydigan asoslarga koʻra jinoyat ishi tugatilgan shaxslarga taalluqlidir.

Oʻzgarishga koʻra, bunday shaxslar endi:

Qirgʻiziston prezidenti;
Jogorku Kenesh deputati;
Vazirlar Mahkamasining raisi;

saylov va referendum oʻtkazish boʻyicha MSK aъzosi va boshqa muhim lavozimlarni egallay olmaydi.

Bundan tashqari, diniy arboblar diniy faoliyatni toʻxtatganidan soʻng besh yil mobaynida Prezident yoki deputat boʻlolmaydi.

Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 18 iyunda qabul qilingandi.

Mavzuga aloqador