25.06.2025 14:08
527

Qirgʻizistonda pornosaytlarga kirish taqiqlanmoqda


Bugun, 25 iyunь kuni Qirgʻiziston parlamenti pornografik kontent mavjud boʻlgan veb-saytlarga kirishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda RBK parlament axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi oʻqishlarda muhokama qilinib, 60 nafar deputat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Faqatgina bir deputat qarshi ovoz bergan. Hujjat hozirda prezident Sadir Japarov imzosini kutib turibdi. Shundan soʻng qonun rasman kuchga kiradi va Qirgʻiziston pornografik kontentlarni tarqatish rasman taqiqlagan davlatlar safiga qoʻshiladi.

Mavzuga aloqador