26.09.2025 16:13
197
Qirgʻiziston prezidenti Gʻazoda genotsidni toʻxtatish va xalqaro tergov oʻtkazishga chaqirdi
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov 2025 yil 23 sentyabrь kuni NьyuYorkda boʻlib oʻtgan BMTning 80-sessiyasida soʻzlagan nutqida Isroilning Gʻazo sektorida amalga oshirayotgan genotsidini toʻxtatishga chaqirdi. U: “Gʻazodagi urush va dahshatli voqealarni toʻxtatish uchun yana nima kerak?” deya savol tashladi.
Prezident Japarov, Gʻazo sektoridagi gʻayriinsoniy hujumlar natijasida katta yoʻqotishlarga uchrayotgan Falastin xalqining fojeasi haqida butun dunyo qaygʻurishi kerakligini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, jahon hamjamiyati koʻz oʻngida kechayotgan bu insoniy falokatdan koʻz yumish mumkin emas.
Japarov oʻz nutqida falastinliklarga qarshi genotsidni toʻxtatish hamda Xalqaro adliya sudi orqali xalqaro tergov ishlarini boshlashga chaqirdi.
Shuningdek, u barqaror tinchlikka erishishning yagona yoʻli ikki davlatli echim ekanini urgʻuladi. Falastin esa 1967 yilgi chegaralar asosida mustaqil davlat qurish huquqini qayta tiklashi zarurligini qayd etdi (https://una-oic.org/tr/Palestinian/2025/09/24/%D8%B1%D8%A6%D9%8A%D8%B3-%D8%AC%D9%85%D9%87%D9%88%D8%B1%D9%8A%D8%A9-%D9%82%D8%B1%D8%BA%D9%8A%D8%B2%D8%B3%D8%AA%D8%A7%D9%86-%D9%8A%D8%AF%D8%B9%D9%88-%D9%84%D9%88%D9%82%D9%81-%D8%A7%D9%84%D8%A5%D8%A8/).