11.07.2025 14:58
30

Qimor oʻyinlaridagi qonunbuzarlik uchun jarima miqdori belgilandi



Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) internetda qimor oʻyinlari, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilariga nisbatan jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqni imzoladi. Mazkur choralar Oʻzbekiston rezidentlariga shu kabi noqonuniy xizmatlarni taqdim etayotgan xorijiy yuridik shaxslarga ham taalluqli. Buyruq 9 oktyabrdan kuchga kiradi.

Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etuvchi shaxslar 35 turdagi qonunbuzarlik uchun jarimaga tortilishi mumkin. Roʻyxatga litsenziyasiz faoliyat yuritish, xorijiy serverlar orqali ishlash, voyaga etmaganlar uchun oʻyin oʻtkazish, «davlat», «milliy» soʻzlaridan foydalanish, shaxsiy maъlumotlarni himoya qilish boʻyicha talablarga rioya qilmaslik va boshqa holatlar kiradi.

Jarima miqdori tegishli tashkilotchining ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmasligi kerak.

Aslida qimor qimor dinimizda taqiqlangan amal boʻlib, qonunan taqiqlanishi ham talab qilinadi. Zero, bugungi kunda qimor oʻyinlarining ayanchli oqibatlariga koʻp bora guvoh boʻlyapmiz.

Mavzuga aloqador