Prezident Mirziyoev “Koʻksaroy”da iftorlik oʻtkazdi
Bugun, 25 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Koʻksaroy” qarorgohida iftorlik tadbirini oʻtkazdi. Tadbirda davlat rahbari soʻzga chiqib, Ramazon oyining muqaddasligi, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, bagʻrikenglik hamda hamjihatlikni mustahkamlash haqida soʻz yuritdi.
Davlat rahbari oʻz nutqida Oʻzbekistonda millati, tili va dinidan qatъi nazar har bir insonning huquq va manfaatlari taъminlanayotgani, ayniqsa, vijdon erkinligiga oid konstitutsiyaviy huquqlar toʻliq roʻyobga chiqayotganini alohida taъkidladi.
Shuningdek, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy merosini chuqur oʻrganish, Islom tsivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasi kabi ulkan ilmiy-maъnaviy loyihalar amalga oshirilayotganini maъlum qildi.
Mirziyoev, shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekologik muhitni yaxshilash, xayriya va saxovat ishlarini kengaytirish hamda yosh avlodni yot gʻoyalardan asrash borasidagi saъy-harakatlarni davom ettirish zarurligini taъkidladi.
Tadbirda xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, diniy konfessiyalar rahbarlari ham ishtirok etib, mamlakatdagi diniy bagʻrikenglik, tinchlik va totuvlik tamoyillarini yuksak baholashdi.