Oʻzbekistonliklarning BAAga kirish taqiqlandimi?
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bunga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, oʻzbekistonliklarning BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.
"Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi mavjud vizasiz tartib oʻz kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday maъlumot bermagan", deyiladi xabarda.
Shuningdek, TIV vakili fuqarolardan faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishni soʻradi.
Eslatib oʻtamiz, 20 aprel kuni Dubayda Oʻzbekistonning oʻnlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir boʻlgani haqida videolar tarqalgandi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olinganini bildirgan.
Mazkur voqeadan keyin Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani vizasiz tartibga taъsir koʻrsatishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.