Oʻzbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi koʻpaygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
Joriy yil 20 aprel kuni BAAning Dubay shahrida Oʻzbekiston fuqarolaridan tashkil topgan ikki guruh oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda mojaro pichoqbozlik bilan yakunlangani, natijada guruhlardan birining etakchisi halok boʻlgani aytiladi.
Qayd etilishicha, ushbu jinoiy guruh aъzolari 2023 yil dekabrida Oʻzbekistonda «koʻcha»ga nisbatan boʻlib oʻtgan tadbirlar fonida mamlakatni tark etib, Turkiya va BAAda qoʻnim topgan.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning maъlum qilishicha, BAAda Oʻzbekiston fuqarolari bilan bogʻliq holat yuzasidan diplomatlar Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazgan.
BAA tomoni mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olinganini maъlum qildi.
TIV bayonotiga koʻra, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani ikki davlat oʻrtasidagi vizasiz tartibga taъsir koʻrsatishi mumkin.