28.04.2025 12:53
738

Oʻzbekistonda tugʻilish keskin kamaydi, oʻlim esa oshdi

2025 yilning dastlabki uch oyida 198,1 ming nafar bola tugʻilgan. Bu 2022 yildan buyon eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. 


Statistika qoʻmitasi hisobotida keltirilishicha, oʻtgan chorakda 41,4 ming oʻlim qayd etilgan. Bu ham 2022 yildan buyon eng yuqori koʻrsatkich.


Mamlakatimizda 2025 yilning yanvarь-mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 43,8 ming birlik, har ming aholiga nikoh koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil etdi. 


Nikohlar soni joriy yilning yanvarь-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 4,8 ming birlikka kamaygan.


Nikohdan ajralishlar soni 11,5 ming birlik, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsienti 1,2 promilleni tashkil etdi. 


Ajralishlar soni joriy yilning yanvarь-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan oʻzgarmagan.

Mavzuga aloqador