23.04.2025 13:00
38

Oʻzbekistonda toʻylar tartibga solinadi

Oʻzbekistonda prezident farmoni bilan tasdiqlangan loyihaga asosan toʻylar tartibga solinadi. 


Unga koʻra, avgust oyigacha toʻylar, maъraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha parlament palatalari kengashlarining qoʻshma qarori qabul qilinishi koʻzda tutilgan.


Shuningdek, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish boʻyicha yangi mexanizmlar nazarda tutilgan. 


Loyihaga masъul etib Oliy majlis palatalari, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita belgilangan.


Shavkat Mirziyoev 2018 yil martida boʻlib oʻtgan videoselektorda ham dabdabali toʻylarni qoralab, ijro organlari rahbarlarining toʻy-marosimlarga borishini taqiqlagan edi.

Mavzuga aloqador