Oʻzbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar roʻyxati yangilandi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan va Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar roʻyxatini yangiladi.
Oʻzbekiston Din ishlar boʻyicha qoʻmitasi Oliy sud tomonidan
ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan mamlakatga olib
kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxatini
eʻʻlon qildi.
2024 yil
10 yanvarʻ holatiga koʻra, roʻyxatdan Telegram, YouTube kanallar, Facebook,
Instagram, “Odnoklassniki”, TikTok sahifalar, shuningdek, saytlar va turli
tarmoqlardagi audio, video, matn shaklidagi materiallar, shu jumladan, kitob va
nashidlar oʻrin olgan.
Diniy
qoʻmita ushbu roʻyxatdagi sahifa va kanal materiallariga «Yoqdi» (Like) bosmaslik
va ularni ulashmaslik, duch kelgan kitob, maqola va elektron ilovalarni yuklab
olmaslik hamda tarqatmaslikka chaqirgan.