20.06.2025 12:10
187
Oʻzbekiston Xitoy orqali tashqi internet kanallariga ulanmoqchi
Oʻzbekiston Xitoyga optik tolali aloqa liniyasini oʻtkazish orqali global internet tarmogʻiga ulanishning qoʻshimcha kanalini yaratmoqchi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Murodjon Yoʻldoshevning aytishicha, Oʻzbekiston prezidenti sammitda Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi transport va energetika yoʻlaklari bilan bir qatorda optik tolali aloqa liniyasi magistralini qurish muhimligini ham taъkidlagan.
Bu tashabbus orqali global internet tarmogʻiga qoʻshimcha ulanish liniyasini yaratilishi koʻzda tutilgan.
Yoʻldoshevning taъkidlashicha, ushbu liniya orqali aholini sifatli, tezkor internet bilan taъminlash imkoniyati paydo boʻladi. Oʻzbekiston oʻzini jahon axborot makoni bilan yana bir optik tolali aloqa liniyasi bilan taъminlaydi.